Elektr energiyasini tejashni bolalikdan o‘rganamiz

Informatsion dasturda Romitan tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hududlar elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususuda ham so’z boradi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Romitan tumanida “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi asosida iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Qorovulbozor tuman elektr ta’minoti korxonasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus-taktik o’quv mashqlari o’tkazildi.
O’quv mashg’ulotida Qorovulbozor tuman elektr ta’minoti korxonasining favqulodda vaziyatlarda harakatlanish shayligi hamda xodimlarning bu boradagi ko’nikmalari sinovdan o’tkazildi.
Yakunda tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda to’g’ri harakat qilishga va uning oqibatlarini bartaraf etishga tayyor deb baholandi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330 sonli qarori asosida hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda.
Jumladan, Romitan tumaning “Dehcha” MFY hududlarida qizg’in ish jarayonlari olib borilmoqda. Mazkur mahallada 3000 metr uzinlikdagi havo tarmog’ini qurish va 2 dona quvvati 160 kVA bo’lgan tarnsformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda 0.4 kVli elektr uzatish tarmog’ini qurish uchun 70dan ortiq mustahkam temir-beton tayanchlar rostlandi. Hududda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni tez va sifatli qilib bajarish uchun 12 ta xodimdan iborat 3 ta brigada, 5 ta maxsus texnika ishga jalb qilingan.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag’allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-330 sonli qaroriga binoan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun reja asosida transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati