Milliy_liboslar_kuni





Haftaning har juma kuni o‘zbek milliy liboslarining go‘zalligini namoyon etish va boy madaniyatimizni targ‘ib qilish maqsadida “Milliy liboslar kuni” sifatida e’lon qilindi. Bu tashabbus xalqimizning an’ana va urf-odatlarini keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi ushbu targ‘ibot tadbirida faol ishtirok etib, milliy liboslarimizni kiyish va qadrlash an’anasini davom ettirmoqda. Chunki milliy libos – bu nafaqat kiyim, balki xalqimizning boy tarixi va bebaho merosining timsolidir!
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati