Ishlab chiqarish salohiyati kengaymoqda.
Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, korxonaning moliyaviy barqarorligiga erishish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ishonchliligini va mustahkamligini ta’minlash borasida salmoqli loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu jumladan, “Buxoro HETK” AJ tarkibidagi Kogon tuman ETK hududining ichki qismida bo‘sh yotgan yer maydoni hududida temir-beton tayanchlarini ishlab chiqarish zavodini qurib, ishga tushirish vazifa sifatida belgilab olindi. Ushbu hudud temir-beton tayanchlarni ishlab chiqarish uchun anchagina qulay deb topildi va qurilish ishlarini boshlash maqsadida maxsus texnikalar va ishchi xodimlarni jalb qilgan holda hududni tozalash, tekislash va maydonni devor bilan o‘rab olish ishlariga kirishildi. Hududning umumiy yer maydoni 400 kv.metrni tashkil qilmoqda.