Rustamov Zohir Ravshanovich
Mansabdor majburiyatlari
Bosh muhandis jamiyatning istiqbolli rivojlanishi bo’yicha texnik siyosatini yuritadi va barcha yo’nalishlarda kompleks dasturlarni amalga oshirishni ta’minlaydi, amaldagi uskunalarni texnik qayta jihozlash, hukumat tomonidan ilgari surilgan ustuvor vazifalarni fan-texnika yutuqlari asosida ishlab chiqarishga joriy qilish va mehnat unumdorligini oshirishga erishishni ta’minlaydi.
Korxonaning elektr uskuna va qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish va belgilangan muddatlarda ta’mirlanishini tashkil qiladi, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishni, tashkiliy texnik tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va tadbiq etishni tashkillashtiradi.
Viloyat energetikasi istiqbolli rivojlantirish loyiha talablarini amalga oshirish, elektr uskunalarini ta’mirlash va takomillashtirish ishlarini o’z vaqtida sifatli o’tkazilishini ta’minlaydi.
Korxonada mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in xavfsizligi me’yor va qoidalarini bajarilishini, ekologiya, davlat texnazorat, sanitariya va boshqa tashkilotlarning ko’rsatma va talablarini joylarda bajarilishi ustidan nazorat yuritadi.