"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ joriy yilning 27 yanvar kunidan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) qayta ishga tushirilishini ma’lum qiladi.
Mazkur tizimning qayta ishga tushirilishi natijasida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo’lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to’lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o’tamiz.
Eslatma: Qarzdorlarigi mavjud iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI DIQQATIGA!
Tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlarda viloyatimiz hududlari elektr energiyasi ta’minotida 2023 yil 21-31 yanvar kunlari yuqorida keltirilgan jadval bo’yicha cheklovlar kiritilishi mumkinligini bildiramiz.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ
#Nosozliklar_bartaraf_etilmoqda
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan sovuq kunlarda elektr energiyasiga bo’lgan talabning ortishi natijasida elektr qurilmalarida yuklama ortib, “KS-1” 110/35/6 podstansiyasida kelib chiqgan nosozliklar bartaraf etilmoqda. Har qanday ob-havo sharoitida, tun-u kun mehnat qilayotgan kasb fidoyilari ta’mirlash, tiklash ishlarini olib bormoqdalar.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati