Ish joylarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida o’quv mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ MXTX bosh mutaxassisi Sh. Safarov va “Buxoro HETK” AJ MXTX boshligʼi T. Jalilov ishtirokida Olot va Qorako’l tuman elektr taʼminoti korxonalarining barcha ekspluatatsiya xodimlari ishtirokida baxtsiz xodisaning oldini olishga va ish joylarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishiga qaratilgan amaliy va nazariy o’quv mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi.
Jumladan, tizimda sodir boʼlgan baxtsiz xodisaiarning tavsilotlari oʼrganildi va xodimlar oʼrtasida keng muhokoma etilib, savol-javoblar oʼtkazildi.
Shuningdek, ish joylari va texnik hujjatlar yuritilishi oʼrganilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi va xodimlarni ogohlikka chaqirish, baxtsiz hodisalar kelib chiqishini oldini olish maqsadida videoroliklar namoyish etildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati