BILIM, TAJRIBA VA SINOV!

XORAZM VILOYATIDA O’TKAZILAYOTGAN “KASB MAHORATI” MUSOBAQASIDA BUXOROLIK ENERGETIKLAR HAM ISHTIROK ETMOQDALAR

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, shuningdek baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida har yili tashkil etib kelinayotgan “Kasb mahorati” musobaqasida bu yil “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ mezbonlik qilmoqda.

Musobaqada taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalarini ta’mirlash bo‘yicha ustalar, dispetcherlar, taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromontyorlardan tashkil topgan jami 14 ta jamoada 120 nafardan ortiq xodimlar qatnashadi.

Mazkur musobaqada ishtirok etish uchun viloyatimizning “Buxoro HETK” AJ jamoasi ham go’zal va qadimiy Xiva shahriga yetib keldi.

Barcha hamkasblarimiz nomidan jamoamiz a’zolariga omad tilaymiz!

Videolavhani ko’rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati