NOQULAY OB-HAVO ENЕRGЕTIKLARGA TO‘SIQ BO‘LMAYDI

Mamlakatimizga kirib kelgan sovuq ob-havo oqimi hamda kuchli shamol, qor bо‘roni oqibatida havo elektr tarmoqlari hamda trasformator punktlariga yetkazilgan shikast natijasida Respublikamizning turli hududlarida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatildi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning elektr ta’minoti korxonalari xodimlari tomonidan tunu-kun olib borilgan ta’mirlash-tiklash ishlari natijasida noqulay ob-havo sharoitida talafot yetgan barcha hududlarda elektr energiyasi qayta tiklanmoqda.

Tarmoqlarda sodir bо‘ladigan avariyaviy о‘chishlarni tezkor bartaraf etish maqsadida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan hududlarda jami 481 ta tezkor avariyaviy chiqish brigadalari hamda ularga 483 ta maxsus avariyaviy chiqish mashinalari va maxsus texnikalar safarbar etildi.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati