“Buxoro HETK” AJda “optik tola”li kabel tarmoqlari yotqizildi

Viloyatimizda aholi va ulgurji iste’molchilarning foydalangan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari bosqichma-bosqich reja asosida olib borilmoqda, almashtirilishi lozim bo‘lgan 432 481 dona elektr hisoblagichlarning 399 211 donasi aholi iste’molchilari uchun, 33 270 donasi esa yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan. Hozirgi kunda hisoblagichlarni almashtirish ishlarini yakuniga yetkazish maqsadida jamiyat rahbariyati tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan bo‘lib, ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda. Elektr energiyasini xisobga olish va nazorat kilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos hisoblagichlarning ishlash tartibi, elektr hisoblagich va maxsus qurilmalar o‘rtasidagi aloqaga asoslangan bo‘lib, shu munosabat bilan “Buxoro HETK” AJ va “O‘zbektelekom”AKning Buxoro filiali o‘rtasida 164, 6 mln. so‘mga imzolangan shartnoma asosida aloqa sifatini tubdan yaxshilab elektr energiya hisobini avtomatik tarzda hisoblab boruvchi dasturiy kompleksning maksimal darajada tez sur’atlar bilan ishlashini ta’minlash borasida, jamiyat tasarrufidagi barcha tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalariga umumiy hisobda 6,7 ming km uzunlikdagi “optik tola”li kabel tarmoqlari yotqizildi. Bu ishlar tizimning to‘laqonli ishlashi va iste’molchilarni me’yor darajasida uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati