“Buxoro HETK” AJ haqida

hetkhaqida

Jamiyat nomi:

to`liq nomi – “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati;

qisqacha nomi – “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ elektr energiyasi bozorida taqsimlovchi-sotuvchi korxona hisoblanadi, ya`ni u “O`zbekenergo” AJdan elektr energiyasini sotib olib taqsimlaydi va uni iste`molchilarga sotadi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati Buxoro viloyati Davlat mulkini boshqarish va qo`llab-quvvatlash Boshqarmasining 2003 yil 23 iyuldagi 86 – sonli “Buxoro elektr tarmoqlari” sho“ba korxonasini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish to`grisidagi buyruqiga asosan tashkil topgan.

Korxona ustav fondida davlat ulushi 51%, xorijiy investorlarning ulushi – 45% , mehnat jamoasining ulushi – 4% ni tashkil qiladi.

Korxona balansida quyidagi elektr uskunalar mavjud (2019 yil 1 avgust holatida):

– 0,4-6-10 kV kuchlanishli havo liniyalari 14247 km

– 35-110 kV  kuchlanishli havo liniyalari 1483 km

– 0,4-6-10 kV kuchlanishli kabel liniyalari 473 km

– 6-10/0,4 kV kuchlanishli transformator punktlari 4957 ta

– 35/110 kV  kuchlanishli transformator nimstantsiyalari 88 ta

– 6-10 kV kuchlanishli transformator punktlarining umumiy quvvati 761 ming kVA dan ortiq

– 35-110 kV kuchlanishli nimstantsiyalarning umumiy quvvati 1 mln kVA dan ortiq.

Hozirgi kunda korxona tarkibida tuman va shaharlarga tegishli 12 ta tuzilmaviy elektr ta`minot korxonalari bor. Shuningdek, korxona tarkibida 8 ta ekspluatatsiya xizmati, elektr energiyasi realizatsiyasi departamenti va 17 ta bo`lim ishlab turibdi.

Jamiyatning pochta manzili va yuridik joylanishi:

Pochta manzili – 200125, O`zbekiston Respublikasi, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko`chasi, 1/1.

Yuridik joylanishi – O`zbekiston Respublikasi, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko`chasi, 1/1.

Accessibility