EHNAT (ASKUE) bo'yicha Kogon shahrida o'tkazilgan o'quv seminari to'g'risida

2019 yil 4 iyun kuni Kogon shahar hokimligi binosida Kogon shahar va Kogon tumanida EHNAT (ASKUE) tizimini o‘rnatish ishlari boshlanganligi sababli, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  rahbariyati, «KT Corporation» kompaniyasi mas’ul xodimlari tomonidan  Kogon shahar hokimiyati, Kogon shahar va tuman faollari uchun o‘quv seminari o‘tkazdilar.

O‘quv seminarni boshlab bergan Kogon shahar hokimi H.I.Hoshimov EHNAT (ASKUE) tizimining afzalliklari va foydali taraflari to‘g‘risida gapirib, Kogon shahar va tuman hududidagi elektr energiya iste’molchilariga tez fursatda ushbu tizim elektron elektr hisoblagichlari o‘rnatilishini aytib o‘tdilar.

So‘zga chiqqan “Buxoro HETK” AJ Moliya iqtisod va energiya sotish bo‘yicha direktori I.R.Aslonov tizim haqida, o‘rnatish tartiblari, muddatlari to‘g‘risida gapirib, iste’molchiga o‘rnatiladigan elektr hisoblagichlar haqida ma’lumot berdilar.

Shundan keyin «KT Corporation» kompaniyasining  Buxoro viloyati bo‘yicha menedjeri janob Xak Su Kim tomonidan tadbiq etiladigan EHNAT (ASKUE) tizimi to‘g‘risidagi  taqdimot ko‘rsatildi va tushuntirildi.

O‘quv seminari oxirida zalda yig‘ilgan Kogon shahar va tuman faollarining EHNAT tizimi bo‘yicha qiziqtirgan barcha savollariga “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  rahbariyati, «KT Corporation» kompaniyasi mas’ul xodimlari tomonidan batafsil javob berildi.