Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi.

“Buxoro HETK” AJda “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida Buxoro viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari A. Bafoev hamda Sh. Nabievlar ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo‘lib, uning balosidan qutulish, islohotlarni korrupsiya changalidan qutqarish barchamizning sharafli burchimiz ekanligi yig‘ilganlarga atroflicha tushuntirib berildi. Bu illatning tarqalishiga to‘sqinlik qilish nafaqat huquq tartibot xodimlari vazifasi, balki har birimizning vazifamiz ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Korrupsiya so‘zi “emirilish” va “buzilish” degan ma’nolarni anglatadi. Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishdan tashqari, o‘zining kimligini, e’tiqodi, ma’naviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy zarar yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obro‘sini to‘kadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obro‘ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qo‘yadi.

Korrupsiya botqog‘iga botmay o‘zining halol mehnati ila non topgan inson saodatga yetmog‘i tayin bo‘lganidek, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxo‘rlik va ta’magirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrardir.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

>>

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MAMLAKATIMIZ RIVOJIGA XIZMAT QILADI

 ISTIQBOLLI LOYIHALAR MAMLAKATIMIZ RIVOJIGA XIZMAT QILADI

Mamlakatimiz hududlarida energetika sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida energetika vaziri Alisher Sultonov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida bo‘ldi.

Xususan, “Buxoro HETK” AJ tomonidan sohani yanada rivojlantirish, ishlab chiqilgan dasturlar hamda loyihalarning joylardagi ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yaqindan o‘rganilib, bu boradagi yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga e’tibor qaratildi. O‘rganishlar doirasida Peshku tumaniga tashrif uyushtirildi va bu yerdagi aholi va tadbirkorlik sub’ektlarning elektr energiyasi ta’minoti masalalari tahlil qilindi.

Ta’kidlanganidek, hozirda Buxoro viloyatida elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ga  ulangan zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Yig‘ilganlar “Buxoro HETK” AJning mutaxassislari tomonidan viloyat miqyosida o‘tgan davr mobaynida bu borada olib borilgan sa’y-harakatlar, qolaversa ushbu tizim orqali iste’molchilarga yaratiladigan qulaylik va imkoniyatlar, shu bilan bir qatorda erishilishi kutilayotgan iqtisodiy samaradorliklar xususidagi taqdimot bilan tanishdilar.

Energetika vaziri Alisher Sultonov va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoev tomonidan Buxoro viloyati miqyosida ASKUE tizimini qisqa muddatlarda to‘laqonli tatbiq etish, shuningdek, mahalliy aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini ushbu tizimning afzalliklari bilan tanishtirib borish masalalariga alohida e’tibor berish kerakligi ta’kidlanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

>>

QORAKO‘L TUMAN ELEKTR TA’MINOTI KORXONASINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Qorako‘l tuman elektr ta’minoti korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimizning chekka hududlaridan biri hisoblangan Qorako‘l tumanida zamonaviy talablarga javob beradigan elektr ta’minoti korxonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qorako‘l tuman elektr ta’minoti korxonasi binosida muhandis-texnik hamda ishchi-xodimlar hamda bu yerga tashrif buyuradigan mijozlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, konferens-zal, korxona mutaxassislarini o‘qitish va boshqa xonalar ish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Mijozlar uchun qulaylik tug‘dirish maqsadida fuqarolarni qabul qilish xonasi va elektron tablo ham ishga tushirilgan.

Ta’kidlash joizki, tuman elektr ta’minoti korxonasi tasarrufida 34 706 mingdan ziyod aholi va 2 132 dan ziyod yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatuvchi 6 ta podstansiya, 535 km uzunlikdagi 10 kVli, 1 013 km uzunlikdagi 0,4 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari, yangidan qurilayotgan kabel liniyalari, shuningdek, 475 ta transformator punkti ekspluatasiya qilinmoqda. Tabiiyki, ushbu sa’y-harakatlar qorako‘lliklarni sifatli va uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Tantanali ochilish marosimining uzviy davomi sifatida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning tarkibiga kiruvchi 12 ta tuman va shahar elektr ta’minoti korxonasining mutasaddilariga xizmat avtomashinalari topshirildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ matbuot xizmati

>>

22 dekabr – Energetika xodimlari kuni (22/12/19)

>>

Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!

>>
Accessibility